O‘zbekiston favqulodda vaziyatlar vazirining ikki o‘rinbosari tayinlandi, deya xabar qildi FVV matbuot xizmati «Gazeta.uz"ga.

Azizbek Latifjonov favqulodda vaziyatlar vazirining moliyaviy-iqtisodiy va moddiy-texnik ta’minot bo‘yicha o‘rinbosari bo‘ldi. Avval u Moliya vazirligida boshqarma boshlig‘i lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.

Favqulodda vaziyatlar vazirining kadrlar va shaxsiy tarkib bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga esa Sohib Qudratov nomzodi tasdiqlandi. Bunga qadar u O‘zbekiston Prezidenti Devonida ishlagan.