Akademik eshkak eshish bo‘yicha O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi Singapurda o‘tgan Osiyo chempionatida to‘rtta medalni qo‘lga kiritdi, deya xabar qildi O‘zbekiston Rowing&Canoe federatsiyasi «Gazeta.uz"ga.

Musobaqada 25 davlatdan 284 nafar sportchi ishtirok etdi. Milliy terma jamoa vakillari jamoaviy ekipaj musobaqalarida uchta oltin, yakkalik bellashuvda bir bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

JM4X qayig‘ida (to‘rtlik yigitlar, o‘smirlar) Yevgeniy Agafonov, Abdulaziz Rahimjonov, Davrjon Davronov va Jasurbek Mavlonov 6:19:768 natija bilan Osiyo chempionlariga aylanishdi. Ikkinchi o‘rinni xitoylik sportchilar — 6:21:109, uchinchi o‘rinni esa eronliklar — 6:21:927 egalladi.

Chambaraksiz ikki kishilik qayiqda (JM2-) Sardor To‘lqinxo‘jayev va Alisher Turdiyev oltin medalga sazovor bo‘ldi — 7:06:201, «kumush» Hindistonga — 7:19:263, «bronza» esa Xitoyga — 7:22:258 nasib etdi.

Chambaraksiz to‘rt tabaqalik qayiqlar (JM4-) toifasida Elyorjon Raupov, Sardor To‘lqinxo‘jayev, Shahzod Nurmatov va Alisher Turdiyev finish chegarasidan birinchi bo‘lib kesib o‘tib, 6:04:873 natija ko‘rsatdi. Keyingi o‘rinlarni hindistonlik (6:11:323) va tailandlik (6:17:782) sportchilar egalladi.

Kamila Maqsutova ayollar o‘rtasidagi yakkalik bahslarda 2018 yilgi o‘smirlar Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etish yo‘llanmasiga sazovor bo‘ldi. Birinchi лицензияжорий avgustida bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida erkaklar juftligi tomonidan chambaraksiz qayiqlar musobaqasida qo‘lga kiritilgan edi.