Uzbek MDK Facebook-hamjamiyati foydalanuvchilari ichki ishlar organlari xodimlari va sudyalarga nisbatan tuhmat uyushtirganligi uchun javobgarlikka tortilishi mumkin. Bu haqda payshanba kuni bo‘lib o‘tgan brifingda Toshkent IIBB boshlig‘i o‘rinbosari Doniyor Toshxo‘jayev ma’lum qildi.

10 oktyabr hamjamiyatda imzosiz qayd (keyinchalik o‘chirilgan) qoldirilgan bo‘lib, unda yoz faslida pichoq jarohatini olgani taxmin qilinayotgan ayol kishi jinoiy ishlar bo‘yicha Sergeli sudining sudlangan shaxsga nisbatan chiqargan qaroridan norozilik bildirilgan.

Hodisa 27 iyul kuni Sergeli tumanidagi «Rixsivoy» kafesi yaqinida sodir bo‘lgan. Sergeli tuman IIB qoshidagi tergov bo‘limi O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 277-moddasi (2-qism «v» bandi) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi (bezorilik, ya’ni jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimaslik, urish-do‘pposlash, badanga yengil shikast yetkazish yoki o‘zganing mulkiga shikast yetkazish yoxud nobud qilish ancha zarar yetkazish bilan bog‘liq holda sodir etilsa).

Sud qarori bilan ayblanuvchiga nisbatan uch yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlanib, unga 20:00 dan 7:00 ga qadar yashash joyini tark etish, ommaviy tadbirlarga borish, spirtli ichimliklar ichish va boshqalar taqiqlandi.

Ijtimoiy tarmoqdagi qayd muallifi esa ayblanuvchi yanada qat’iy jazoga loyiqligini yozgan. «Men qon to‘qilishidan o‘lishimga bir bahya qoldi. U esa jazosiz qoldi… Bu jamiyat uchun xavfli odam erkinlikda yuradi va barchani pichoqlashda davom etadi», — deb yozadi u.

Qaydga qoldirilgan izohlarda tergovchilar va sudyalarga nisbatan keskin munosabatlar bildiriladi, jumladan ular pora olishda ayblanadi.

Doniyor Toshxo‘jayev ijtimoiy tarmoqdagi xabarga izoh berar ekan, sudlanuvchining harakatlari sud ekspertizasi asosida bezorilik sifatida toifalanganini ma’lum qildi. Sud jazo chorasini tanladi va barcha sharoitlar, barcha qarama-qarshi jihatlarni hisobga olgan holda qaror qabul qildi, deb hisoblaydi IIBB boshlig‘i o‘rinbosari. Sud qaroridan norozi bo‘lgan taqdirda qonuniy tartibda shikoyat qilish lozim, deya eslatib o‘tdi u.

Daliliy ashyo sifatida ishda hodisa joyidagi videoyozuvlar mavjud. Ularda jabrlanuvchi kafedan mast holda chiqqani aniq ko‘rinib turadi. Ko‘chada rezina shlangda suv sepayotgan erkakning qo‘lidan uni olib, mast holatda bo‘lgan sudlanuvchi turgan barga qarab yo‘l oladi. Usti ho‘l bo‘lgan erkak shimining orqa cho‘ntagidan pichoq chiqarib, ayolga u bilan tan jarohatini yetkazadi.

Doniyor Toshxo‘jayev Sergeli tuman tergovchisi IIBBga ijtimoiy tarmoq foydalanuvchisining unga nisbatan tuhmat uyushtirgani bo‘yicha qonuniy tartibda chora ko‘rish to‘g‘risida raport bilan murojaat qilgan. Prokuraturaga ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari shaxsini aniqlash uchun materiallarni IIBBga taqdim etdi. «Agarda ularda asos bo‘lsa, marhamat taqdim etishsin», — dedi u.

Tergovchilar va sudyalarga nisbatan tuhmat qilganlik uchun JKning 139-moddasi (nashr qilish yoki boshqacha usulda ko‘paytirilgan matnda yoxud ommaviy axborot vositalari orqali og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyat sodir etishda ayblab tuhmat qilish) bo‘yicha ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin, dedi IIBB boshlig‘i o‘rinbosari.