O‘zbekiston hukumati mamlakat hududida turistik (mehmonxona) yig‘iming yangi miqdorini tasdiqladi, deya xabar qildi Norma.uz Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmatiga tayangan holda.

9 oktyabrdan vaqtincha yashash xizmatlari ko‘rsatuvchi ob’ektlar chet el fuqarolar, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar va O‘zbekistonda doimiy turar joyiga ega bo‘lmagan shaxslardan yashagan har bir kuni uchun eng kam oylik ish haqining 10 foizi miqdorida (bugungi kunda u 14977,5 so‘mga teng) turistik yig‘im oladi. To‘liq bo‘lmagan yashash kuni uchun ham turistik (mehmonxona) yig‘im to‘liq yashalgan kun miqdorida to‘lanadi.

Avval chet el fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxs uchun turistik yig‘im miqdori 2 AQSH dollarini tashkil etgan.