12 oktyabr kuni «O‘zbekiston havo yo‘llari» MAK samolyoti Rossiyaning Vladimir viloyatidagi YTH natijasida halok bo‘lgan so‘nggi O‘zbekiston fuqarosi Jo‘rabek Usmonovning jasadini Toshkentga olib keldi.

O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmatining xabar qilishicha, jasad FVVning maxsus avtotransportida Surxondaryo viloyatiga yetkazilgan.

6 oktyabrga o‘tar kechasi Vladimir viloyatining Petushinskiy tumani Pokrov stansiyasi temir yo‘l o‘tish joyida «Mersedes» avtobusining poyezd bilan to‘qnashuvi sodir bo‘ldi. YTH oqibatida 16 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi, 15 jasad 8 oktyabr kuni Mudofaa vazirligi samolyotida vatanga olib kelindi.