9 oktyabr kuni Rossiyaning Vladimir viloyati o‘zbek diasporasi hamkorligida 6 oktyabr kuni avtobus va poyezd to‘qnashuvida halok bo‘lgan so‘nggi qurbon shaxsi aniqlandi.

FVVning Rossiyadagi O‘zbekiston elchixonasiga tayanib xabar qilishicha, u 1979 yilda tug‘ilgan, Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumani Sheroziy mahallasida istiqomat qiluvchi Usmonov Jo‘rabek Jumayevich bo‘lib chiqdi.

Bundan avvalroq halok bo‘lgan 15 nafar fuqaro jasadi O‘zbekistonga olib kelingani to‘g‘risida xabar berilgan edi. Ularning qariyb barcha surxondaryolik bo‘lgan.

YTHda jarohatlanganlarning uch nafari, jumladan olti yoshli qiz Rossiyada davolanishda qolmoqda.10 oktyabr kuni RF FVV vertolyotida u Vladimir viloyatidan Moskvadagi shoshilinch bolalar jarrohligi va travmotologiyasi ITIga olib borildi. Parvoz vaqtida qizning salomatligi yomonlashmagan, shifokorlar barcha zarur yordamni ko‘rsatdi, deyiladi O‘zbekiston FVV xabarida.