12 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasining Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi yangi tayinlangan favqulodda va muxtor elchisi Javlon Vaxabov Toshkentdan Nyu-Yorkka jo‘nab ketdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar qildi.

Javlon Vahobov (1980 yilda tug‘ilgan, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiyasi universitetini tamomlagan) 2015 yil iyuldan buyon O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari davozimida faoliyat ko‘rsatgan, ungacha esa (2013 yil noyabrdan) vazir o‘rinbosari bo‘lgan.

2006—2013 yillarda Prezident huzuridagi Milliy xavfsizlik kengashida faoliyat ko‘rsatgan. 2013 yilda bir muddat Prezident huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori bo‘lgan.