O‘zbekiston Futbol federatsiyasi futzal, ayollar futboli va sohil futbolini rivojlantirish, xususan murabbiylarni tayyorlash va qayta tayyorlash, milliy chempionatlarni tashkil etish va o‘tkazish ustidan nazoratni o‘z qo‘liga oldi. Bu haqda O‘FF matbuot xizmati xabar qildi.

Futzal assotsiatsiyasi hamda Ayollar va sohil futboli assotsiatsiyasi tugatildi. Futbol federatsiyasi va Professional futbol ligasi bo‘lim va boshqarmalarida futzal, sohil futboli va ayollar futboli bo‘yicha mutaxassislar lavozimlari ta’sis etildi. Respublika oliy mahorat sport maktabi qoshida mazkur soha bo‘yicha murabbiylar guruhi faoliyat boshladi.

Futzal, ayollar va sohil futboli PFL sport bo‘limiga kiritilib, Futbol federatsiyasi rahbarligi ostida faoliyat ko‘rsatadi.