11 oktyabr kuni poytaxtdagi «O‘zekspormarkaz» Tojikiston milliy mahsulotlari ko‘rgazmasi start oldi. Tadbir 13 oktyabrga qadar davom etadi.

Ko‘rgazmada ishtirok etish uchun Tojikistonning neft-gaz, qurilish sanoati, transport, foydali qazilmalarni qazib olish, agrosanoat, farmakologiya, yengil va qayta ishlash sanoati, sog‘liqni saqlash, ta’lim, texnika, turizm va boshqa sohalarda faoliyat ko‘rsatuvchi 100 dan ziyod kompaniyalarning 300 nafardan oshiq vakillari yetib keldi.

Aprelda Dushanbeda O‘zbekiston Milliy sanoat yarmarkasi tashkil etilgan edi. Hamkorlikdagi biznes-forumda ikki mamlakatning 500 nafardan ziyod tadbirkorlari ishtirok etdi. Chorshanba kuni «O‘zekspomarkaz"da O‘zbekiston va Tojikiston tadbirkorlarining navbatdagi forumi bo‘lib o‘tadi.

Shu bilan bir qatorda, 11−13 oktyabr kunlari Toshkentda Tojikiston madaniyati kunlari ham o‘tkaziladi.

Video

Foto