O‘zbekiston favqulodda vaziyatlar vaziri poytaxt va ikki viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmalariga yangi rahbarlarni tayinladi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar qildi.

Avval Navoiy viloyat FVB boshlig‘i lavozimida ishlagan podpolkovnik Xurshid Sotiyev Toshkent FVB boshlig‘i bo‘ldi.

Bunga qadar Jizzax viloyat FVBni boshqargan podpolkovnik O‘lmas Meyliyev Samarqand viloyat FVB boshlig‘i lavozimini egalladi.

FVV Markaziy devoni Tezkor boshqaruv bo‘limining sobiq boshlig‘i podpolkovnik Abror Jamolov esa Jizzax viloyati FVB boshlig‘i etib tayinlandi.