10 oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan navbatdan tashqari hisobot-saylov konferensiyasida O‘zbekiston Dzyudo federatsiyasining yangi rahbari tayinlandi, deya xabar qildi Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati. Ushbu lavozimga Markaziy bank raisining o‘rinbosari Alisher Akmalov saylandi. 2016 yildan ushbu lavozimda Adham Ahmedbayev faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi.

«Osiyo o‘yinlari va jahon chempionatlarida ham O‘zbekiston doimo favoritlar qatorida zikr etilsada so‘nggi yillarda sportchilarimiz asosan bronza medallari bilan cheklanib qolishmoqda. Bugungi Konferensiyada aynan shu jihatlarga ham alohida e’tibor qaratildi», — deyiladi O‘zbekiston MOQ xabarida.