O‘zbekistonlik atletlar WBPF (Jahon bodibilding va gavda bichimi sporti federatsiyasi) tasnifi bo‘yicha bodibilding va fitnes bo‘yicha jahon chempionatida uchta medalni qo‘lga kiritdi. Musobaqa 3−9 oktyabr kunlari Ulan-Batorda (Mo‘g‘iliston) bo‘lib o‘tdi.

Bodibilding va fitnes federatsiyasi rasmiy saytida xabar qilinishicha, musobaqada 33 davlatdan 400 dan ziyod ishtirokchi qatnashdi.

100 kg dan ziyod vazn toifasida o‘zbekistonlik Mixail Volikin oltin medalga sazovor bo‘ldi. «ayol atlet-fizik» toifasida Yelena Nurayeva oltin mukofotga loyiq deb topildi.

«Bodibilding ustasi» toifasida chiqish qilgan Pavel Umurzakov kumush medalni qo‘lga kiritdi.