Akmalxo‘ja Mavlonov Xorazm viloyati prokurori etib tayinlandi, deya xabar qildi Bosh prokuratura matbuot xizmati. Bunga qadar u Sirdaryo viloyati prokurorining birinchi o‘rinbosari edi.

Xorazm viloyatining avvalgi prokurori Sadriddin Turdiyev Farg‘ona viloyati prokurori etib tayinlandi. U Muzaffar Abdurahmonov o‘rnini egalladi.