Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugining «Forish» tog‘-dala o‘quv maydonida O‘zbekiston va Rossiya Mudofaa vazirliklari qo‘shinlari bo‘linmalarining maxsus taktik-o‘quv mashqlari yakunlandi, deya xabar qildi O‘zA.

O‘quv mashqlarida noqonuniy qurollangan kuchlar joylashgan hududda razvedka ishlarini olib borish, ularning moddiy ta’minot, qurol-yarog‘ va harbiy texnikalariga shikast yetkazish va yo‘q qilish, garovga olinganlarni ozod qilish hamda shartli buzg‘unchi kuchlarni batamom yakson qilish bo‘yicha tegishli usullari ishlab chiqildi.

Mashg‘ulotlarning so‘nggi kunida ikki davlat harbiy xizmatchilari o‘tish murakkab bo‘lgan tog‘li hududlarda noqonuniy qurollangan kuchlarni yo‘q qilish bo‘yicha aksilterror operatsiyasini amalga oshirdi.

Aksilterror operatsiyasida o‘quv-jangovar topshiriqlarni muvaffaqiyatli bajargan harbiy xizmatchilar — O‘zbekiston tomonidan mayor Azamat Jabborov, mayor Xurshid Mamadaliyev, kichik serjant Habibullo Xolboyev, shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatchi, oddiy askar Doston Mamatov, Rossiya tomonidan vzvod komandiri, katta leytenant Sergey Baromыko, serjant Buyan Kenden, shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatchi, oddiy askar Amir Kilik taqdirlandi.

Foto