6 oktyabr kuni mahalliy vaqt bilan sahar soat 4 atrofida Rossiyaning Vladimir viloyati Pokrov tumanida poyezd va avtobus ishtirokidagi yo‘l-transport hodisasi natijasida 19 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi, deya xabar qildi O‘zbekiston TIV matbuot xizmat.

Rossiya FVV ma’lumotiga ko‘ra avtobusda 58 kishi bo‘lib, ulardan 2 nafar haydovchi Qozog‘iston fuqarosi, qolgan 56 kishi O‘zbekiston fuqarosi.

Vafot etganlar to‘g‘risidagi ma’lumotni aniqlash va jarohatlanganlarga yordam ko‘rsatish uchun O‘zbekistonning Rossiya Federatsiyasidagi Elchisi Bahrom Ashrafxanov boshchiligidagi Elchixona xodimlari guruhi Vladimir viloyatiga jo‘natildi.

Mamlakat hukumati qaroriga ko‘ra yordam ko‘rsatish va jabrlanganlarni olib ketish uchun Vladimir viloyatiga maxsus samalyot va mutahassislar yuborilmoqda.

YTH natijasida halok bo‘lgan va jarohatlangan O‘zbekiston fuqarolari haqidagi ma’lumot aniqlanmoqda.