O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qirg‘iziston Prezidenti Almazbek Atambayev payshanba kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunlari bo‘yicha ikki davlat o‘rtasida Strategik sheriklik, do‘stlik, ahil qo‘shnichilik va ishonchni mustahkamlash to‘g‘risida deklaratsiyani imzoladilar.

Do‘stlik, ahil qo‘shnichilik va ishonch O‘zbekiston rahbarining bir oy muqaddam Bishkekka uyushtirgan davlat tashrifi chog‘ida bo‘lgani kabi Qirg‘iziston rahbarining davlat tashrifi doirasidagi barcha uchrashuv va muhokamalarning ham asosiy mavzusiga aylandi.

Shavkat Mirziyoyev aeroportda Almazbek Atambayevni shaxsan kutib oldi. Foto: fb.com/Mirziyoyev.

Shavkat Mirziyoyevning muzokaralardan so‘ng ma’lum qilishicha, tashrif jarayonida prezidentlar tomonidan imzolangan 12 ta hujjatga qo‘shimcha ravishda vazirlik va mahkamalarga yana 5−6 ta hujjatni tayyorlash vazifasi topshirildi.

«Kimdir biz 85 foiz[davlat chegaralari]ni xatlaganimizni [tasavvur] qila oladimi… Parlament ushbu qisqa muddatda ratifikatsiya qildi. agarda bunday siyosiy iroda bo‘lmaganida biz shunga erisha olarmidik? Hech qachon! Har doimgidek {04fb9e6d} va parlamentariylarda ko‘plab savollar, ko‘plab sabablar bo‘lar edi», — deya qayd etdi O‘zbekiston Prezidenti.

Foto: fb.com/Mirziyoyev.

«Biz O‘zbekiston Respublikasi bilan Qirg‘iziston Respublikasi o‘rtasida strategik sheriklik, do‘stlik, ahil qo‘shnichilik va ishonchni mustahkamlash to‘g‘risida deklaratsiyani imzoladik. Bularning {958bbfbc} xalqlarimizning talablari, xohish va intilishlari asosida bo‘lmoqda. Biz rahbar sifatida ushbu istaklar bajarilishi yo‘lidan bormoqdamiz», — dedi davlat rahbari.

Muzokaralar jarayonida asosiy e’tibor zamonaviy tahdidlar — terrorizm, ekstremizm, diniy radikalizmga hamkorlikda qarshi kurashish masalalariga qaratildi, deya ma’lum qildi Shavkat Mirziyoyev. Shu munosabat bilan O‘zbekiston Mudofaa vazirligi va Qirg‘iziston Qurolli Kuchlari Bosh shtabi bilan kelishuv imzolandi.

«Sizga ro‘yirost aytaman: biz birinchi marta harbiy hamkorlik to‘g‘risida suhbatlashdik. Hayotning o‘zi talab qilayapti va biz buni bajarayapmiz, chunki mintaqa atrofi va global dunyoda notinchlik hukm surmoqda», — deya ta’kidladi O‘zbekiston Prezidenti.

Muzokaralarda asosiy urg‘u mahsulot ayirboshlash hajmlarini oshirish va {c2102ffb} ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etishga qaratildi. «Mazkur sohada aniq ishlanmalar bor», — dedi Shavkat Mirziyoyev. «Biz uzoq yillar davomida birinchi marta bugun bo‘lib o‘tgan {c2102ffb} biznes-forum va tadbirkorlarimiz mahsulotlari ko‘rgazmasidan qoniqish hosil qildik».

Prezidentlar Toshkentdagi O‘zbekiston va Qirg‘iziston sanoat mahsulotlari ko‘rgazmasida. Foto: fb.com/Mirziyoyev.

«15 oktyabr kuni siyosiy tadbir — Qirg‘iziston Prezidenti saylovi bo‘lib o‘tadi. Dono qirg‘iz xalqi o‘ziga munosib rahbar saylashiga aminman. Almazbek Sharshenovich rahbarligi ostida o‘tgan yillar davomida ko‘p ishlar amalga oshirildi. Eng muhimi — bugun Qirg‘izistonda tinchlik va xotirjamlik hukm surmoqda, odamlarda ertangi kunga ishonch bor va bu meros bo‘lib qolishini istar edim. Rahbarlar kelishadi va ketishadi, biroq xalqlar qoladi», — dedi u.

«Bugun mening hayotimda eng baxtli kunlardan biri, chunki biz odamlarimiz, Shavkat Miromonovich, fuqarolarimiz kutgan ishni qilayapmiz», — dedi Qirg‘iziston Prezidenti.

«Men xohlardimki, endilikda O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi chegara do‘stlik, hamkorlik chegarasiga aylansin», — deya ta’kidladi u.

«Umid qilamanki, 1 dekabrga qadar qolgan 217 km [davlat chegaralari]ni ham imzolaymiz, qolaversa, uning 40 km bo‘yicha allaqachon kelishuvga erishdik. Yillar davomida yopiq bo‘lgan har bir chegara punktining {cfbae423} qanday ajoyib», — deya qo‘shimcha qildi Almazbek Atambayev.

Tomonlar ikki mamlakat hududlari va tadbirkorlari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni faollashtirishga kelishib oldi. Farg‘ona hokimiyati va Botken meriyasi, shuningdek Namangan hokimiyati va Jalolobod meriyasi o‘rtasida savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlik to‘g‘risidagi bitimlar imzolandi.