Rossiya bozoriga GM Uzbekistan tomonidan ishlab chiqarilgan Ravon avtomobillarini taqdim etuvchi «Ravon Motors Rus» kompaniyasi Rossiya milliy futbol termasining rasmiy homiysiga aylandi.

Kompaniya saytida xabar qilinishicha, hamkorlik oktyabrda Rossiya termasining Janubiy Koreya va Eron bilan 7 va 10 oktyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan ikki uchrashuvdan boshlanadi. Kelgusida Ravon terma jamoaning 2018 yilgi jahon chempionatida qo‘llab-quvvatlaydi.

«Ushbu hamkorlik Ravon rusumi ishqibozlari doirasini kengaytirish hamda brendga yoshlar, sportsevar va jo‘shqin insonlar qiziqishini yanada oshirishiga ishonamiz», — dedi «Ravon Motors Rus» bosh direktori Sharof Ashurov.

Hamkorlik dasturidan Rossiyada futbolni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan sport tadbirlarini amalga oshirish, bolalar uchun taniqli futbolchilar ishtirokida master-klasslar o‘tkazish va boshqa loyihalar o‘rin olgan.