«O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy avikompaniyasining «Toshkent-Nukus» yo‘nalishi bo‘yicha parvoz qiluvchi HY 011 reysi samolyoti texnik sabablarga ko‘ra aeroportga qayta qo‘ndirildi.

«Il-114−100 samolyoti ekipaji poytaxt aeroportiga qaytish to‘g‘risida qaror qabul qildi, qo‘nish muvaffaqiyatli amalga oshirildi», — deya xabar qildi aviatashuvchi axborot xizmati.

Reysning barcha 46 nafar yo‘lovchisi Nukusga boshqa Il-114−100 bortida uchishdi.