Toshkentda Sharof Rashidov ko‘chasining Jasorat monumentidan Mustaqillik maydoniga qadar bo‘lgan qismi yaqin kunlarda ochiladi. Ochilishning taxminiy sanasi kelgusi haftaning dushanba kuni ekani ma’lum qilindi.

Hozirda 2000-yillarning o‘rtalarida yopilib, yashil maydonga aylantirilgan hududda tozalash ishlari olib borilmoqda. Shahar obodonlashtirish boshqarmasining ko‘p soni texnikalari va xodimlari jarayonga jalb qilingan. Ishlar kunu tun davom etmoqda.

Sharof Rashidov ko‘chasining qayta tiklangan qismi ishga tushishi bilan poytaxt markazini Yunusobod tumani bilan bog‘lovchi Amir Temur shoh ko‘chasida tirbandlikning sezilarli darajada kamayishi kutilmoqda.

Foto