Mirzo Ulugbek Innovation Center axborot texnologiyalari ishlanmalarini qo‘llab-quvvatlash va joriy etish Innovatsion markazi ilk rezidentlarini ro‘yxatga oldi, deya xabar qildi markaz matbuot xizmati «Gazeta.uz"ga.

Direksiya markaz rasman ochilgan 25 avgustdan buyon rezident maqomini olish uchun arizalarni qabul qilishni boshlagan edi. 1 oktyabrgacha 70 dan ziyod yuridik shaxs ariza topshirdi.

Ulardan 28 ta kompaniya innovatsion markaz rezidenti maqomiga ega bo‘ldi: «Innovatsiyalar va sanoat kooperatsiyasi markazi» MCHJ, «OLSOFT» XK, «Realsoft» MCHJ, «Green White Solutions» MCHJ, «Avars Plus» MCHJ, «Datasite Technology» XK, «Pragmatik Solutions» MCHJ, «Gigal Info» MCHJ, «Paymobile» MCHJ, «Fof Soft Technology» MCHJ, «Wiener Deming» MCHJ, «Venkon Group» MCHJ, «Leading Business Software» MCHJ, «Intelligent Solutions» MCHJ, «Special Soft» XK, «SBS-Infosoft» MCHJ, «SSP-MAROQAND» UK, «Algoritm Consulting Group» MCHJ, «Micros Development» XK, «Invest Loyiha Konsalt» MCHJ, «Round Umbrella» XK, «Nyumaks Technology» MCHJ, «Business Triangle» MCHJ, «Smart-com» XK, «Standart IT-Sektor» MCHJ, «Prime Media Solution» MCHJ, «Smart Technologies Group» MCHJ va «Alm Soft» MCHJ.

Ro‘yxatga olingan rezidentlar O‘zbekiston Prezidentining 2017 yil 30 iyundagi farmoni asosida 2018 yil 1 yanvarga qadar imtiyoz va preferensiyalarga ega bo‘ldi.

Markaz arizalarni ko‘rib chiqishda davom etadi va yaqin vaqtlar ichida rezidentlar sonining ortishi kutilmoqda.

Mirzo Ulugbek Innovation Center rezidenti bo‘lish uchun arizalarni rasmiy sayt orqali onlayn topshirish mumkin.