«O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasi 30 oktyabrdan Samarqand-Istanbul-Samarqand yo‘nalishi bo‘yicha reyslar ochilishi to‘g‘risida xabar qildi.

Reyslar dushanba kunlari quyidagi jadval asosida amalga oshiriladi (mahalliy vaqt bilan):

HY 275: Samarqanddan uchish — 20:00 da, Istanbulga qo‘nish — 23:00.

HY 276: Istanbuldan uchish — 00:30 (+1) da, Samarqandga qo‘nish — 6:45 da.

Reys ochilishi to‘g‘risidagi kelishuvga O‘zbekiston va Turkiya aviatsion hukumatlarining avgustda bo‘lib o‘tgan muzokaralari vaqtida erishilgan edi.