Oktyabrning birinchi haftasida Jizzax viloyatidagi «Forish» poligonida O‘zbekiston va Rossiya Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarining birgalikdagi taktik o‘quvlari bo‘lib o‘tadi. Bu haqda O‘zA xabar qildi.

Dushanba kuni Toshkentdagi harbiy aerodromga rossiyalik harbiy xizmatchilar guruhi bo‘lgan samolyot qo‘ndi.

O‘quv mashg‘ulotlari O‘zbekiston Prezidentining 4−5 aprel kunlari Moskvaga amalga oshirgan davlat tashrifi chog‘ida erishilgan kelishuvlar doirasida o‘tkaziladi.

O‘zbekiston va Rossiya poligonlarida ikki marotaba hamkorlikdagi taktik antiterror o‘quvlar bo‘lib o‘tdi.