O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev AQSH Prezidenti Donald Trampga maktub yo‘lladi, deya xabar qildi TIV matbuot xizmati.

Mazkur maktubda «Las-Vegas shahrida ko‘plab insonlar halok bo‘lishiga olib kelgan tinch aholi ommaviy o‘qqa tutilishi haqidagi ayanchli xabar bizni qattiq qayg‘uga soldi» deyilgan.

Davlat rahbari AQSH Prezidentiga samimiy hamdardlik bildirdi va nobud bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamda jarohat olganlarga dalda so‘zlarini yetkazishni so‘radi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa natijasida halok bo‘lganlar soni 58 nafarni tashkil etmoqda, 515 kishi jabrlangan.