O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 29 sentyabr kuni mamlakat hududiga olib kiriladigan aksizosti mahsulotlar uchun import bojxona bojlari va aksiz soliqlari stavkalarini qayta ko‘rib chiqilishini ko‘zda tutgan qarorni imzoladi. Yangi stavkalar 1 oktyabrdan kuchga kiradi.

Hujjatda qayd etilishicha, stavkalarni qayta ko‘rib chiqish aholining iste’mol talablarini qondirish va ichki bozorda narxlar oshishiga yo‘l qo‘ymaslik, shuningdek milliy ishlab chiqaruvchilarga zarur uskuna va butlovchilar, xom ashyo va materiallar importi bo‘yicha qulay sharoitlarni yaratishga qaratilgan.

Qaror bilan neft va neft mahsulotlari, yirik va mayda shoxli qoramollar, yirik va mayda shoxli qoramollar go‘shti, baliq mahsulotlari, sut, kartoshka, yormalar, un va boshqa tovarlar uchun import boji bekor qilindi.

Ko‘plab mahsulotlar uchun bojxona bojlari, qator tovarlar uchun aksiz soliqlari pasaytirildi.