Payshanba kuni Toshkentda shahar markazini uning sharqiy qismi bilan bog‘lovchi yo‘l o‘tkazgichning qayti tiklangan qismi ochildi. Ochilish marosimida O‘zbekiston bosh vazirining birinchi o‘rinbosari va «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ boshqaruvi raisi Achilboy Ramatov ishtirok etdi.

Kichik halqa yo‘li orqali o‘tuvchi yo‘l o‘tkazgich qurilishi butun yoz bo‘yi davom etdi. 2008 yilda demontaj qilingan yo‘l o‘tkazgichning qurilishi to‘g‘risidagi qaror Prezident tomonidan joriy yil bahorida fuqarolarning ko‘p sonli iltimoslari asosida qabul qilingan edi.

Yo‘l o‘tkazgichning demontaj qilinishi fuqarolarga noqulayliklar yaratib, aylanma ko‘chalarda tirbandliklarni keltirib chiqarayotgan edi.

Eski yo‘l o‘tkazgich o‘rnida turar joy mavzesi qurilgani sababli yangi yo‘l o‘tkazgich egilgan qiyofa kasb etdi.

Yaqin vaqtlarda jamoat transporti yo‘nalishlarini yo‘lga qo‘yish masalasi ko‘rib chiqilishi lozim. Hozircha avtobuslar so‘nggi to‘qqiz yilda bo‘lgani kabi aylanma yo‘l bo‘ylab harakatlanmoqda.

Foto