O‘zbekiston valyuta bozorini erkinlashtishning real sektor korxonalari va ijtimoiy sohaga ta’sirini yengillashtirish uchun Jahon bankining 1 mlrd dollargacha miqdordagi zayomini jalb qilishni rejalashtirmoqda.

Bu haqdagi kelishuvga Prezident Shavkat Mirziyoyevning 20 sentyabr kuni Nyu-Yorkda Jahon banki prezidenti Jim Yong Kim bilan uchrashuvi yakunlari bo‘yicha erishilgan. 27 sentyabrda esa davlat rahbarining «O‘zbekiston Respublikasining BMT va uning tuzilmalari, xalqaro moliya institutlari va boshqa tashqi siyosat sheriklari bilan hamkorligini yanada mustahkamlash va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi.

Zayomning dastlabki shartlari muhokamasi joriy yil noyabrida boshlanishi, kelishuv loyihasi esa kelgusi yilning ikkinchi-uchinchi choragida JB direktorlar kengashi tasdig‘iga kiritilishi lozim.