Futbol bo‘yicha O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi (U-16) bosh murabbiyi Dilshod Nuraliyev o‘z lavozimini tark etdi, deya xabar qildi Futbol federatsiyasi matbuot xizmati.

Chorshanba kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida O‘FF prezidenti Umid Ahmadjonov murabbiy iste’fosini e’lon qildi. Milliy terma jamoa Dilshod Nuraliyev murabbiyligi ostida 2018 yilgi Osiyo chempionati saralash bosqichida muvaffaqiyatsiz ishtirok etdi.

«Biz Dilshod Nuraliyevdan arizasini oldik, u o‘z lavozimini tark etdi. Ko‘p tomondan Dilshod Nuraliyevning o‘zi aybdor. Biz, shuningdek barcha futbolchilarni o‘rganamiz. Ular qayerdan, nima uchun ular ushbu musobaqaga borishdi. Bu boshqa qaytarilmaydi. Musobaqaga til biladigan mutaxassislar jo‘natiladi», — dedi O‘FF rahbari.

Qayd etish joizki, o‘smirlar termasi 7 ochko bilan 2018 yilgi Osiyo chempionati saralashidan o‘ta olmadi. «A» guruhida Iordaniya (10) birinchi, Saudiya Arabistoni (9) ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.