O‘zbekiston yetti yil davomida Amerikaning Nukem kompaniyasiga 300 mln dollarlik uran konsentratini yetkazib beradi. Bu haqda O‘zbekiston tashqi savdo vaziri Elyor G‘aniyev 27 sentyabr kuni Xalqaro press-klub yig‘ilishida ma’lum qildi.

Vazirning qayd etishicha, Nukem kompaniyasi bilan shartnoma O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning o‘tgan hafta AQSHga tashrifi vaqtida Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston-Amerika biznes-forumi yakunlari bo‘yicha imzolandi.

Elyor G‘aniyev mazkur shartnoma uran konsentratini yetkazib beruvchi boshqa davlatlar kelishayotgan bitimlarga qaraganda anchagina manfaatli shartlar asosida imzolanganini ta’kidlab o‘tdi.