13 yillik tanaffusdan so‘ng AQSH Eksimbanki O‘zbekiston bilan hamkorlikni tiklamoqda, deya ma’lum qildi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki boshqaruvi raisi Suxrob Xolmurodov chorshanba kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan Xalqaro press-klub majlisida.

Bank rahbari hamkorlikni qaytadan tiklash to‘g‘risidagi kelishuvga O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning AQSHga tashrifi jarayonida erishildi.

Suxrob Xolmurodov Amerika Eksimbanki rahbariyati o‘zbek tomonini uskuna va texnikalar, jumladan Boeing samolyotlarini sotib olishda moliyaviy yordam ko‘rsatish bo‘yicha hamkorlikka tayyor ekanini ma’lum qilgan.

O‘zbekiston tashqi savdo vaziri Elyor G‘aniyev Boeing kompaniyasi bilan yaqin bir necha yillarda yana ikki dona Boeing 787 Dreamliner samolyotini sotib olish masalasi ko‘rib chiqilganini ma’lum qildi.

«Yanada aniqrog‘i biz samolyotlarimiz parkini modernizatsiya qilish bo‘yicha hamkorlik qilmoqdamiz. Ikkita Boeing 767 yo‘lovchi samolyotini yuk samolyotlariga qayta jihozlashni rejalashtirayapmiz», — dedi vazir.