2017 yil oxiriga qadar O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi mahsulot ayirboshlash hajmi 2016 yil yakunlari bo‘yicha 4,2 mlrd o‘rniga 5 mlrd dollarga qadar o‘sishi mumkin. Bu haqda 26 sentyabr kuni o‘zbek-rus biznes-forumida O‘zbekiston tashqi savdo vaziri o‘rinbosari Sohib Saifnazarov ma’lum qildi.

«O‘zbekiston korxonalari Rossiyaga avtomobilsozlik, oziq-ovqat, to‘qimachilik va charm-poyabzal mahsulotlari, qurilish materiallarini yetkazib berishni sezilarli darajada kengaytirishlari mumkin, — deya qayd etdi vazir o‘rinbosari. — O‘z navbatida, neft va neft mahsulotlari, metalloprokat va mashinasozlik mahsulotlari O‘zbekistonning asosiy importni tashkil etadi».

Rossiya Savdo-sanoat palatasi vitse-prezidenti Vladimir Padalko O‘zbekiston bilan munosabatlarning rivojlanishi Rossiyaning ko‘plab hududlarida ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatga ijobiy ta’sir ko‘rsatayotganini ta’kidlab o‘tdi.

Vladimir Padalko va O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi Adham Ikramov.

Tadbir doirasida ikki davlat savdo-sanoat palatalari xalqaro tijoriy arbitraj va mediatsiya sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni imzoladi. O‘zbekiston va Rossiya tadbirkorlik kengashlari 2018−2019 yillarda hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum nizomini amalga oshirish bo‘yicha «yo‘l xaritasi"ni imzoladi.

Forumda Rossiyaning kimyo, yengil sanoat, neft-gaz, mashinasozlik, qishloq xo‘jaligi, aviatsiya, oziq-ovqat, farmatsevtika, metallurgiya va boshqa sohalarda turli mahsulotlar ishlab chiqaruvchi 30 dan ziyod kompaniyasi ishtirok etmoqda.

Forum dasturidan O‘zbekiston va Rossiya mintaqalararo hamkorlik, turizm, shuningdek transport va logistikani rivojlantirishga bag‘ishlangan yig‘ilishlar ham o‘rin olgan.