2016 yilgi Olimpiadaning boks bo‘yicha chempioni Fazliddin G‘oyibnazarov (3−0−0, 1 KO) 23 sentyabr kuni Tusonda (AQSH, Arizona shtati) professional ringdagi uchinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi.

U meksikalik 29 yoshli Viktor Rosasga (9−7−0, 3 KO) qarshi ringga ko‘tarildi. 26 yoshli o‘zbekistonlik jangning birinchi daqiqasidan so‘ngiga qadar yetakchilik qildi. Yakunda G‘oyibnazarov hakamlar tomonidan bir ovozdan g‘olib deb topildi (80/72, 80/72 va 80/72).

Eslatib o‘tamiz, Top Rank kompaniyasini Fazliddin G‘oyibnazarovning promouteri, Egis Klimas esa menejeri hisoblanadi.

Video


Youtube‘ga havola