Samarqandda muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatib kelayotgan mashhur fast-fud brendlardan biri — Totus kafelari ko‘hna va hamisha navqiron shahar aholisining sevimli maskaniga aylanib ulgurgan. O‘tgan davr ichida Totus taomlari o‘zining sifati, mazasi va sarxilligi bilan nozikta’b mijozlar ishonchini qozondi.

Bundan tashqari, Totus kafelari ozoda, shinam, oilaviy tashrifga mosligi bilan nafaqat samarqandliklar, balki shahar mehmonlari va durdona shaharni tomosha qilish uchun kelgan xorijlik sayyohlarning ham e’tiborini tortmoqda.

Samarqanddagi ikkita kafe faoliyati va unda tayyorlanayotgan mazali, totli yeguliklar shahar aholisiga juda manzur bo‘lgani va samarqandliklarning takliflarini inobatga olgan Totus ushbu shahardagi uchinchi filialini ochishga qaror qildi.

Sifatli, to‘yimli, tezpishar taomlar, mazali shirinlik, ajoyib desert va salqin ichimliklarni xush ko‘ruvchi insonlar Samarqand shahri Dahbed ko‘chasi 47-uyga jamlanishdi.

Nihoyat, kutilgan sana — 20 sentyabr kuni soat 17:00da did bilan bezatilgan ushbu maskanda Totus’ning yangi filiali ochilishiga bag‘ishlangan tantanali marosim boshlandi. Bayramona tadbirga uzoq-yaqindan tashrif buyurgan aziz mehmonlar e’tiboriga ajoyib shou dasturlar, san’atkorlar ijrosidagi chiqishlar, turli o‘yinlar havola etildi.

Xususan, Totus’ning yangi filiali ochilishi uchun maxsus tayyorlangan bir metrli shaurmani tayyorlash jarayonini barcha yig‘ilganlar katta qiziqish va zavq bilan tomosha qildi. Taomni tez yeyish musobaqasida esa ishtahasi karnay xo‘randalar musobaqalashdi.

Quvnoq shou dasturlar, qiziqarli tanlovlar, kutilmagan sovg‘a va syurprizlar ham mehmonlar kayfiyatini ko‘tarib yubordi. Ayniqsa, ushbu tadbirga ota-onasi bilan kelgan bolalar katta yumshoq ayiqlar o‘yinini o‘zgacha maroq bilan tomosha qildi.

Xullas, kelganlar darmonda, kelmagan armonda qoldi. Totus har doimgidek o‘z mijozlariga a’lo ta’m va ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

Reklama huquqi asosida. Xizmatlar litsenziyalangan.