O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Meksika Prezidenti Enrike Penya Netoga hamdardlik maktubini yo‘lladi. Bu haqda mamlakat TIV matbuot xizmati xabar qildi.

«Meksikadagi talofatli zilzila oqibatida ko‘plab insonlarning halok bo‘lganligi haqidagi xabar bizni chuqur qayg‘uga soldi» — deyiladi maktubda.

Davlat rahbari butun Meksika xalqiga, shuningdek, nobud bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga va jarohatlanganlarga samimiy hamdardlik va dalda so‘zlarini yetkazishni so‘radi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, seshanba kuni bo‘lib o‘tgan zilzila oqibatida 290 nafarga yaqin kishi hayotdan ko‘z yumdi.