O‘zbekiston Tashqi savdo vazirligi huzuridagi «O‘ztreyd» kompaniyasi Nyu-Yorkda eksport hajmini oshirish va AQSH bozoridagi o‘rnini mustahkamlash maqsadida savdo uyini ochdi. «O‘ztreyd» matbuot xizmatining xabar qilishicha, savdo uyi bazasida o‘zbek ishlab chiqaruvchilari mahsulotlari shourumi faoliyat ko‘rsatadi.

Savdo-iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlash, o‘zaro yetkazmalar tizimini rivojlantirish 20 sentyabr kuni AQSHda O‘zbekiston va Amerika tadbirkor doiralari ishtirokida bo‘lib o‘tgan biznes-forumning asosiy mavzulari bo‘ldi.

Forum doirasida yirik Amerika kompaniyalari bilan savdo hamkorligi bo‘yicha bitimlar, shuningdek to‘qimachilik mahsulotlari, antiseptika vositalari, chinni idishlar, ipak materiallar, quruq mevalar, novvot va boshqa o‘zbek ishlab chiqaruvchilari mahsulotlarini yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar imzolanishi kutilmoqda.