Qarshi shahri Mustaqillik shohko‘chasidagi Shodlik mahalla fuqarolar yig‘ini bugun har qachongidan-da gavjum. Ushbu qadimiy va hamisha navqiron shahar ahli hamda uning mehmonlari nozikta’b insonlarning sevimli brendiga aylangan EVOS’ning yangi filialiga tantanali ochilish marosimida ishtirok etish uchun kelishgan.

Barchaning ko‘zida mamnuniyat, qalbida quvonch, yuzida tabassum. Bolajonlarni aytmaysizmi? Shirinligu muzqaymoq sayli, ayniqsa, ular uchun maroqli bo‘ldi.
19 sentyabr, soat 17:00. Tantanali marosim boshlandi. Maxsus tasmalar kesilib, EVOS’ning ushbu shahardagi ikkinchi filiali ochildi. Bayramona tadbir qizigandan qizimoqda. Yangi filialning ochilish marosimiga kelganlar ajoyib tomoshalar, dasturlar, o‘yinlar, sovg‘alar va syurprizlardan bahramand bo‘lmoqda.

Nihoyat, tantanali marosimning va’da qilingan qismi boshlandi. Mijozlar va mehmonlar ko‘z o‘ngida maxsus bir metrli bahaybat shaurma hozirlanmoqda. Tadbir ishtirokchilari albatta undan tatib ko‘rishadi va bu san’at asariga o‘zlarining haqqoniy bahosini beradilar.

Bir tomonda «lavashxo‘rlar"ning lavashni kim tez yeyish bo‘yicha musobaqasi qizg‘in tus oldi. Ularning lavash yeyishini ko‘rgan har bir insonning ishtahasi ochilib ketishi aniq.

Umuman olganda, shu kuni EVOS filialining ochilish marosimiga kelganlar aslo zerikib qolgani yo‘q. Ular e’tiboriga qiziqarli shou dasturlar, san’at ustalarining chiqishlari namoyish etildi. Omadi chopgan mehmonlar turli sovg‘a va syurprizlarga ega bo‘ldi. Bolalar quvonchiga quvonch qo‘shildi.

Shunday qilib, Qarshi shahri yana bir EVOS filialiga ega bo‘ldi. Bu yerda ham mehmonlarimiz mazali yeguliklarimizdan tamaddi qilishlari barobarida maroqli hordiq chiqarishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Qarshi markazidagi ikkinchi filial ham tez fursatda shahar ahli va mehmonlari qalbidan joy oladi va ularning doimiy keladigan manziliga aylanadi.

EVOS’ga keling, aziz mehmonimiz bo‘ling!

Reklama huquqi asosida. Xizmatlar litsenziyalangan.