Birlashgan Millatlar Tashkilotiga O‘zbekiston Respublikasining tuhfasi — Registon maydonining maketi topshirildi, deya xabar qildi O‘zA. Shu munosabat bilan o‘tkazilgan marosimda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi va nutq so‘zladi.

Registon Samarqand shahrining betakror ramziga aylangan. Majmua 2001 yilda YUNESKOning Jahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan. Registon maketi O‘zbekiston usta hunarmandlari tomonidan yasalgan bo‘lib, qimmatbaho metall va go‘zal milliy naqshlar bilan bezatilgan.

Foto: Sarvar O‘rmonov / O‘zA.

Eksponat BMT shtab-kvartirasining eng gavjum joylaridan biriga, BMT Xavfsizlik kengashi va Bosh Assambleya zallari o‘rtasidagi foyega o‘rnatildi.

BMT Bosh kotibi o‘rinbosari Jen Bigl shunday go‘zal va teran mazmunga ega tuhfa uchun Prezidentimizga chuqur minnatdorlik bildirdi.