«Harakatlar strategiyasi» markazi 2017 yilda mamlakatni rivojlantirish yakunlarini sarhisob qilish va 2018 yilda navbatdagi islohotlarni rejalashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni tashkil etish maqsadida keng jamoatchilik ishtirokida ijtimoiy so‘rov o‘tkazmoqda.

Respondentlar 2017−2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq o‘tkazilayotgan islohotlar va jamiyat hayotidagi boshqa o‘zgarishlarga baho berishlari mumkin. Jumladan, ijtimoiy va iqtisodiy sohalardagi muhim choralar, xalq bilan muloqot samaradorligi darajasi va boshqalar to‘g‘risidagi savollarga javob berish so‘ralmoqda.

So‘rov OTMlar, mahalla fuqaro yig‘inlari, korxona va tashkilotlaridagi Harakatlar strategiyasi xonalarida ham o‘tkazilmoqda. Yig‘ilgan ma’lumotlar Harakatlar strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha Milliy komissiyaga taqdim etiladi.

«Harakatlar strategiyasi» markazidan ma’lum qilinishicha, 2018 yilgi Davlat dasturiga kiritiladigan takliflar faqatgina jamoatchilik bilan dastlabki muhokamadan so‘ng ko‘rib chiqiladi.

Eslatib o‘tamiz, 2018 yilgi Davlat dasturi qonun ustuvorligi va sud-huquq tizimini isloh qilishga bag‘ishlanadi.