O‘zbekiston Markaziy banki 19 sentyabrdan xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi kurslarini belgiladi. AQSH dollari o‘tgan haftaga nisbatan 14,65 so‘mga arzonlab, 8092,13 so‘mdan 8077,48 so‘mga tushdi. Yevro kursi ham 72,52 so‘mga arzonlab, avvalgi 9718,65 so‘m o‘rniga 9646,13 so‘mni tashkil etdi. Rossiya rubli esa 0,99 so‘mga — 141,21 dan 140,22 ga arzonladi.

MB haftada bir marta buxgalteriya hisobi, statistika va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblab chiqarish uchun xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan rasmiy kursini belgilaydi.