Qozog‘iston OAVlarining ma’lumotiga ko‘ra, 17 sentyabr kuni oqshomda Ostona shahrida qurilayotgan ob’ekt hududida tom va devorlar qulab tushgan. Natijada, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 3 nafar O‘zbekiston fuqarosi jabrlangan bo‘lib, ulardan 2 kishi halok bo‘lgan va 1 kishi kasalxonaga yotqizilgan. Bu haqda Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchixonasi xabar berdi.

Qozog‘istonning tegishli organlari tomonidan tezkor tergov guruhi tuzildi va tergov harakatlari olib borilmoqda.

Elchixonaning konsullik bo‘limi tomonidan favqulodda holat haqida batafsil ma’lumot olish uchun qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.