10 sentyabrdan 10 oktyabrga qadar Toshkentda «Toza havo» tadbirining ikkinchi bosqichi (birinchi bosqich 10 apreldan 10 mayga qadar bo‘lib o‘tgan) o‘tkazilmoqda, deya xabar qildi poytaxt IIBB sayti.

Tadbir davomida YPX maskanlarida va diagnostik stansiyalarida transport vositalarni dvigatelidan ishlab chiqarilayotgan zaxarli moddalarni miqdori maxsus gazoanalizatorlar yordamida tekshirilmoqda.

Chiqarilayotgan zaharli moddalarni miqdori me’yordan ortiq bo‘lgan transport vositalarning xaydovchilarga nisbatan tegishli choralar ko‘rilmoqda, deyiladi xabarda.