Chorvoq suv omborining uzoq qirg‘og‘ida aniqlangan ruxsat etilmagan (noqonuniy) chiqindixonaga barham berildi, deya xabar tarqatdi O‘zbekiston Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi axborot xizmati. Chiqindixona haqida avvalroq Facebook ijtimoiy tarmog‘i foydalanuvchisi Vera Grigoreva xabar bergan edi.

Chiqindixona Chiqindilarning hosil bo‘lishi, to‘planishi, saqlanishi, tashilishi, utilizatsiya qilinishi, qayta ishlanishi, ko‘milishi va realizatsiyasini nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan yo‘q qilindi.

Foto: Vera Grigoreva / Facebook.

Davlat ekologiya qo‘mitasi fuqarolar va jamoatchilik tashkilotlarini atrof-muhit tozaligiga e’tiborli bo‘lishga chaqirdi. Qo‘mita barcha qonunbuzarlik holatlari bo‘yicha xabar berish va atrof-muhit holatini yaxshilash yuzasidan takliflarni yuborishni so‘radi.Ishonch raqami: (+99871) 236−26−66. Elektron pochta: info@uznature.uz.