15−17 sentyabr kunlari «O‘zekspomarkaz» to‘rtinchi pavilonida Qozog‘iston mahsulotlari ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi, deya xabar berdi Davlat investitsiyalar qo‘mitasi matbuot xizmati «Gazeta.uz"ga.

Ko‘rgazmada Qozog‘istonda ishlab chiqarilgan avtomobillar, harbiy texnika, metallurgiya, farmatsevtika va boshqa mahsulotlar namoyish etiladi.

16 sentyabr kuni «O‘zekspomarkaz» hududida ikki mamlakat tadbirkorlar doiralari ishtirokida o‘zbek-qozoq biznes-forumi o‘tkaziladi.

Davlat investitsiyalar qo‘mitasidan xabar qilinishicha, tadbirga kirish bepul bo‘lib, qiziqish bildirgan barcha kompaniyalar hamda xususiy shaxslar ko‘rgazmada ishtirok etishga taklif qilinadi.

Batafsil ma’lumotlarni (+99894) 665−67−65, (+99871) 238−52−93 raqamlari orqali olish mumkin.