O‘zbekiston Adliya vazirligi mulkdor jinoyat sodir etishda aybdor bo‘lmagan taqdirda jinoyat quroli sifatida foydalanilgan mol-mulkni musodara qilishni taqiqlashga qaratilgan qonun loyihasini ishlab chiqdi. Bu haqda Adliya vazirligi saytida xabar qilindi.

O‘zgartishga muvofiq, faqatgina jinoyat ishtirokchilariga tegishli bo‘lgan jinoyat qurollarigina musodara etiladi. Bundan tashqari, ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarga tegishli mol-mulklarni musodara etish taqiqlanadi.

Jinoyat-protsessual kodeksining amalda bo‘lgan 211-moddasiga muvofiq, jinoyat qurollari, kimga tegishliligidan qat’i nazar, musodara qilinishi kerak va tegishli muassasalarga topshiriladi yoki yo‘q qilib yuboriladi. Ushbu mol-mulk — gap ko‘chmas mulk haqida ham ketmoqda — mulk-mulk egasining jinoyatda gumonlanuvchi yoki ayblanuvchi sifatida jalb etilishidan qat’i nazar musodara etilishi mumkin.

Qonun loyihasi hukumat tomonidan tasdiqlandi va hozirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasida ko‘rib chiqilmoqda. Qonunning qabul qilinishi hususiy mulk himoyasini kuchaytirib, jinoyat ishtirokchisi bo‘lmagan shaxslarning jinoyat sodir etilganda foydalanilgan mol-mulklarining musodara etilishiga barham beriladi.