13 sentyabr kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan marosimda qirq uch nafar kishiga O‘zbekiston fuqarosi pasportlari topshirildi. Bu haqda poytaxt IIBB xabar qildi. Pasportlarni shahar hokimi Rahmonbek Usmonov shaxsan topshirdi.

Prezident 15 avgust kuni 118 nafar shaxsni fuqarolikka qabul qilish to‘g‘risida navbatdagi farmonni imzoladi.