Qozog‘iston Prezidenti Nursulton Nazarboyev 16 sentyabr kuni O‘zbekistonda davlat tashrifi bilan bo‘ladi, deb xabar berdi Oqo‘rda matbuot xizmati.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan bo‘lib o‘tadigan muzokaralarda ikki mamlakat o‘rtasidagi aloqalarni rivojlantirish yo‘llari muhokama qilinadi.

Nursulton Nazarboyev o‘zbek-qozoq biznes-forumida ham ishtirok etadi.

17 sentyabrda Qozog‘iston Prezidenti davlat tashrifi bilan Turkmanistonga jo‘nab ketadi.