Sirdaryo viloyat Prokuraturasi Sayxunobod tuman hokimining harakatlari tasvirlangan videoga tegishli dalillar bo‘yicha tekshiruv o‘tkazmoqda. Tekshiruv jarayoni Bosh prokuratura nazoratiga olingan, deb xabar qildi «Gazeta.uz"ga Bosh prokuratura matbuot xizmati.

Avvalroq Kun.uz sayti tuman hokimi Nosirjon Egamberdiyevning tuman maktablari direktorlarini urgani tushirilgan videotasvirni e’lon qilgani haqida yozgan edik.