Seshanba kuni O‘zbekiston Futbol federatsiyasining (O‘FF) navbatdan tashqari saylov konferensiyasida Umid Ahmadjonov uning prezidenti etib saylandi, deya xabar qildi federatsiya matbuot xizmati Tvitterda.

Umid Ahmadjonov — «Paxtakor» futbol klubi vitse-prezidenti, Milliy olimpiya qo‘mitasi vitse-prezidenti va Milliy paralimpiya assotsiatsiyasi raisi o‘rinbosari nomzodi konferensiya delegatlari tomonidan bir ovozdan qo‘llab-quvvatlandi. U O‘FF rahbari lavozimiga Mirabror Usmonov o‘rniga saylandi.

O‘zbekiston bosh vazirining birinchi o‘rinbosari va «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ rahbari Achilbay Ramatov O‘FFning birinchi vitse-prezidenti etib saylandi.

Yaqinda ichki ishlar vaziri etib tayinlangan Po‘lat Bobojonov hamda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti rektori Shoakram Isroilov federatsiya vitse-prezidentlari bo‘ldi.