O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi Bitimga To‘qimachilik bayonnomasining imzolanishini va 2017 yil 1 iyulda kuchga kirgani kelishuv to‘g‘risidagi ma’lumot YeI bojxona xizmatlariga hozirgi vaqtga qadar rasman yetkazilmagan. Bu haqda 4 7-sentyabr kunlari O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida xorijiy ekspertlar ishtirokida bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarda O‘zbekistonning ilg‘or to‘qimachilik korxonalari rahbarlari ma’lum qilishdi.

Ishlab chiqaruvchilarning ma’lum qilishicha, bu holat turli darajadagi ikki tomonlama muzokaralarda muntazam ko‘tarilayotgan o‘zaro savdoning kengayishiga to‘sqinlik qilmoqda, deya xabar berdi TIV matbuot xizmati.

Uchrashuvlarda O‘zbekistonda ishlab chiqariladigan raqobatbardosh to‘qimachilik mahsulotlarini yangi tashqi bozorlarga olib chiqish istiqbollari ham muhokama qilindi.