Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalarida foydalaniluvchi brankalarni Telegram messenjeri orqali bepul olish mumkin.

O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi va Toshkent Ichki ishlar bosh boshqarmasi mutaxassislari zarur blankani topish va yuklab olish imkoniyatini beruvchi maxsus @PassportInfoUz_Bot botini ishga tushirdi. Blankalardan tashqari bot u yoki bu davlat xizmatidan foydalanishda zarur bo‘lgan hujjatlar ro‘yxatini ham taqdim etadi.

Bot yordamida vaqtinchalik yoki doimiy propiska, pasport, xorijga chiqish uchun ruxsat stikeri, fuqarolikni olish yoki undan chiqish, xorijdan mehmonlarni taklif qilish va boshqalarni rasmiylashtirish uchun blankalarni yuklab olish mumkin.