7 sentyabr kuni Xitoyning China Railway Tunnel Group (CRTG) va China Coal Technology & Engineering Group kompaniyalari konsorsiumi «sharg‘unko‘mir» korxonasi modernizatsiyasi bo‘yicha investitsion loyihani boshladi. Bu haqda CRTG’ning O‘zbekistondagi doimiy muassasasi «Gazeta.uz"ga ma’lum qildi.

O‘zbekiston Prezidenti 13 yanvar kuni Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida yiliga 900 ming tonna toshko‘mir qazib olishni ko‘zda tutgan qarorni imzolagan edi.

Loyihaning umumiy qiymati 94,5 mln AQSH dollarini tashkil etadi. Loyihani 2020 yilning birinchi choragida yakunlash rejalashtirilgan.